Soha yangiliklari

Axborot texnologiyalari yo‘nalishidagi oliy taʼlim muassasalarining 4-bosqich talabalari endilikda vazirlik tizimidagi nufuzli tashkilot va kompaniyalarda stajirovka o‘tashlari mumkin

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Yosh mutaxassislarni tanlash dasturini eʼlon qiladi. Yosh mutaxassislarni tanlash dasturi Vazirlik tizimidagi tashkilotlarga munosib kadrlarni tanlash va istiqbolli kadrlarni tayyorlashni tizimli yo‘lga qo‘yish hamda Axborot texnologiyalari yo‘nalishidagi OTM bitiruvchilarini davlat xizmatiga jalb qilish samaradorligini oshirish maqsadida tashkil etilmoqda. Yosh mutaxassislarni tanlash dasturiga mufoviq endilikda Axborot texnologiyalari yo‘nalishidagi oliy taʼlim muassasalarining 4-bosqich talabalari Yosh mutaxassislarni tanlash dasturi bo‘yicha vazirlik tizimidagi nufuzli tashkilotlar va kompaniyalarda stajirovka o‘tashlari mumkin. Stajirovka vazirlik tizimidagi quyidagi korxonalarda “O‘zbektelekom” AK, “UMS” MCHJ – Mobiuz, “UZINFOCOM Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator” MCHJ, “UNICON.UZ” Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi” DUK, “O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” DUK,  “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi” MCHJ – IT-Park, “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” DMda 3 oydan kam bo‘lmagan va  6 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda tashkil etiladi: Stajirovkada ishtirok etish uchun talabalarning shaxsiy ko‘rsatkichlari (reyting ko‘rsatkichlari va til bilish darajasi) baholanadi, maxsus test sinovi va maxsus komissiya tomonidan o‘tkaziladigan suhbat natijalariga ko‘ra saralanib olinadi hamda Vazirlikning tegishli buyrug‘i bilan stajirovka o‘tash uchun tizim tashkilotlariga yuboriladi. Stajirovka jarayonlarida talabalarga qulaylik yaratish maqsadida korxona tashkilotlar tomonidan (stajirovka shartnomasiga muvofiq) to‘lovlar amalga oshiriladi. Shuningdek, stajirovkani muvaffaqiyatli tamomlagan, stajirovka yakunida sertifikatga ega bo‘lgan bitiruvchilar tizim tashkilotlaridagi lavozimlarga kadrlar zaxirasiga kiritadi. Stajirovka tanlovida ishtirok etish uchun arizalar onlayn shaklda joriy yilning 25 oktabr kunidan boshlab (www.mitc.uz saytidagi maxsus havola orqali) qabul qilinadi. Murojaat uchun: (71)238-43-61. Imkoniyatni qo‘ldan bo‘y bermang.
Faylni tanlang