"EMMM" DUK yangiliklari

Aziz hamkasblar! Muhtaram do‘stlar!

Sizni xalqimizning eng ulug‘, eng aziz bayrami- O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi bilan samimiy muborakbod etamiz.

Shunday qutlug‘ damda yurtimizga tinchlik-xotirjamlik, barchangizga sihat-salomatlik, oilangizga farovonlik tilaymiz.

Siz bilan biz shunday baxtli odamlarmizki, mana 31 yildan buyon ajdodlarimiz uzoq yillar orziqib kutgan erkin va ozod mamlakatda yashayapmiz. Eng muhimi, mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash va uning taraqqiy etgan davlatlar qatoriga qo‘shilishiga o‘z mehnatimiz bilan hissa qo‘shmoqdamiz.

Har birimiz uchun qudrat manbai, saodat maskani bo‘lgan jonajon O’zbekistonimiz osmoni doimo musaffo bo‘lsin.

Bayramingiz qutlug‘ bo'lsin azizlar!


 

Hurmat bilan “EMMM”DUK jamoasi.

Faylni tanlang