"EMMM" DUK yangiliklari

Qo‘qon shahrida tezkor qidiruv tadbiri o‘tkazildi.

So‘nggi yillarda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi “Radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruxsat etish hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida” gi 801-sonli Qaroriga binoan Farg‘ona viloyati hududida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotish, o‘rnatish, xorijdan olib kirish hamda foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizom talablariga rioya qilmaslik holatlari ko‘payib bormoqda. Ushbu holatlarni kamaytirish maqsadida Farg‘ona viloyati Davlat Xavfsizlik Xizmati Boshqarmasi, Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahar Davlat Soliq Inspeksiyasi, Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahar Ichki Ishlar Boshqarmasi, O‘zkomnazorat va Farg‘ona viloyati Elektromagnit Moslashuv Xizmati tezkor xodimlari bilan hamkorlikda Qo‘qon shahar hududida tezkor tadbir o‘tkazildi. O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida quyidagilar aniqlandi:

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahriga 80 ta qutida jami 160 dona ratsiya noqonuniy ravishda olib kirilgan bo‘lib, ushbu ratsiyalar Dangʻara tumani, Katta Amurabod ko‘chasida yashovchi 1990-yilda tug‘ilgan fuqaro Y. O. tomonidan vakolatli organlardan tegishli ruxsatnoma olmasdan ushbu ratsiyalarni sotayotganligi aniqlangan.

 

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida aniqlangan barcha ratsiyalar musodara qilindi va qonunchilikda ko‘rsatilgan tartibda tegishli jazolar qo‘llanilishi uchun fuqaro Y.O. ga nisbatan hujjatlar to‘plami sudga yuborildi.

 

Qonunni bilmaslik jazodan ozod qilmaydi!

 

Tayyorladi: Farg‘ona viloyati EMMX 2-toifali muhandisi Sadixanov Sh.I.

 

Faylni tanlang