"EMMM" DUK yangiliklari

Bayram tabrigi

2025-yil 7-may kuni “Elektromagnit moslashuv markazi“ davlat unitar korxonasida O‘zbekiston Respublikasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuniga bag‘ishlangan bayram tabrigi tashkil etildi.

photo2025-05-0816-17-48.jpg

Tadbirda korxona rahbariyati, bo‘lim va xizmat boshliqlari hamda xodimlar ishtirok etdi. Dastlab, korxona boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.A. Kadirov ochib berdi. U o‘z so‘zida ushbu kasb bayrami munosabati bilan barcha xodimlarni samimiy muborakbod etar ekan, markazning joriy yildagi erishgan yutuqlari, olib borilayotgan texnologik modernizatsiya va inson resurslarini rivojlantirish borasidagi ishlarga alohida to‘xtaldi.

photo2025-05-0816-17-53.jpg

Shuningdek, boshliq o‘rinbosari A.X.Xashimxodjayev ham minbarga chiqib, zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimlarini yaratish va ularni davlat infratuzilmalariga joriy etishda korxona xodimlarining tutgan o‘rni yuksak ekanini ta’kidlab o‘tdi. U o‘z tabrigida markaz jamoasining fidokorona mehnatini yuqori baholab, bu kabi kasb bayramlari har bir mutaxassis uchun g‘urur va faxr manbai bo‘lishi lozimligini ta’kidladi.

photo2025-05-0816-18-00.jpg

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasining istiqboli keng bo‘lib, unda faoliyat yuritayotgan har bir xodim yurt taraqqiyotiga hissa qo‘shib kelmoqda.

Faylni tanlang