"EMMM" DUK yangiliklari

Bayroq estafetasi

Kuni kecha, Poytaxtimizda O‘zbekiston Davlat bayrog‘i qabul qilinganining  34 yilligiga bag’ishlangan “Bir Vatan, bir el, bir bayroq” deb nomlangan madaniy-ma’rifiy tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

photo2025-11-1915-33-43.jpg

Bayroq estafetasi “Xalqlar do‘stligi” maydonida yakuniy final tadbir sifatida o‘tkazildi. Unda O‘zbek estrada yulduzlari ishtirokida gala-konsert va dronlar shousi bo’lib o‘tdi.

Vatan bayrog‘i estafetasida yoshu-qari birdek milliy g‘urur, ko‘zlarida quvonch va faxr bilan ishtirok etdi. Mazkur tashabbus tom ma’noda barchani birlashtirib, umummilliy harakatga aylandi. 

photo2025-11-1915-33-52.jpg

photo2025-11-1915-33-56.jpg 

Shu bilan bir qatorda, “Elektromagnit moslashuv markazi” DUK xodimlari ham ushbu ezgu estafetaning faol ishtirokchilaridan bo‘lishdi. Ular o‘zining yuksak vatanparvarlik ruhini namoyon etib, davlat ramzlariga bo‘lgan ehtiromini amaliy harakat bilan ifoda etdilar.

photo2025-11-1915-34-01.jpg

photo2025-11-1915-34-06.jpg

photo2025-11-1915-34-11.jpg

Faylni tanlang