EMMM yangiliklari

Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!

Joriy yilning 28-avgust kuni “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi markaziy apparati bo‘lim va xizmatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar Elektromagnit moslashuv xizmatlari xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Milliy  teleradiokompaniyasining siyosiy sharxlovchisi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist, “Shuhrat” medali sohibi, Xalqaro Antik Dunyo ilmiy akademiyasining akademigi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi a’lochisi - Karimbekov Qobilbek To‘xtabekovich ishtirok etdi.

Mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘tkazilgan mazkur tadbirda avvalambor keksa avlod vakillarini, xususan, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat fronti faxriylarini, milliy istiqlol, xalq ozodligi uchun kurashib, shu yo‘lda jon fido etgan, mustabid tuzum davrida siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan ota-bobolar xotirasi yod etildi.

Shuningdek, inson qadri, uning huquq va manfaatlari yetakchi o‘rinda turadigan ijtimoiy davlat va xalqparvar jamiyat qurish yo‘lida amalga oshirilayotgan tarixiy ishlar, mehnatkash va bag‘rikeng xalqimizning bunyodkorlik salohiyati bilan erishilayotgan ulkan natijalari haqida so‘z yuritildi.

Tadbir so‘ngida, tinglovchilar bilan savol va javoblar o‘tkazildi hamda kelayotgan aziz bayram bilan barchani tabriklandi.

Faylni tanlang