EMMM yangiliklari

“Bir Vatan, bir el, bir bayroq”

Joriy yilning 19-noyabr kuni “EMMM” DUKda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 34 yilligi munosabati bilan “Bir Vatan, bir el, bir bayroq” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi. 

photo2025-11-2716-48-18.jpg

Tadbir mamlakatimizning eng ulug‘ ramzlaridan biri bo‘lgan muqaddas bayrog‘imizga bo‘lgan chuqur hurmat, milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada oshirishga xizmat qildi.

Mazkur ma’rifiy tadbirda “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasining markaziy apparat bo‘lim va xizmatlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda barcha viloyatlar Elektromagnit moslashuv xizmatlari xodimlari faol ishtirok etishdi. 

photo2025-11-2716-48-23.jpg

Tadbirning ma’naviy ruhini yanada boyitish maqsadida, Ma’naviyat fidoyisi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda Jurnalistlar uyushmasi a’zosi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a'zosi, Adabiyot sohasidagi Usmon Nosir mukofoti laureati, jurnalistika yo‘nalishida “Oltin qalam” Milliy mukofoti sovrindori, “Do‘stlik” ordeni sohibi — To‘lqin Eshbek maxsus mehmon sifatida taklif etildi.

photo2025-11-2716-48-29.jpg

To‘lqin Eshbek ma’rifatga boy, teran mazmunga ega chiqishlari orqali ishtirokchilarga milliy qadriyatlarimiz, davlat ramzlarining tarixiy ahamiyati, ularga bo‘lgan hurmat yoshlarda qanday tarbiyalanishi kerakligi borasida chuqur mulohazalar bilan o‘rtoqlashdi. Uning hayajonli, samimiy va ta’sirchan fikrlari davra suhbati ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.

photo2025-11-2716-48-34.jpg

Shuningdek, tadbirni yanada boyitish maqsadida xodimlarga To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazishda ortiqcha sarf-xarajatlarni qisqartirish borasida: Milliy qadriyatlarimizga yot bo‘lgan “ommaviy madaniyat”ning salbiy ko‘rinishlarining oldini olish, oila ma’naviyati, axloqi va ajdodlarimizning mustahkam oila haqidagi o‘gitlaridan iborat tavsiyalar berildi.

photo2025-11-2716-48-38.jpg

Tadbir yakunida bayrog‘imizni ulug‘lash, uni kelajak avlodlarga ezgu meros sifatida yetkazish har birimizning sharafli va mas’uliyatli burchimiz ekani alohida ta’kidlandi.

Faylni tanlang