"EMMM" DUK yangiliklari

BIZ BIR JAMOA – BIZ BIR OILA, KORRUPSIYAGA QARSHIMIZ!

   

Sirdaryo viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari ishtirokida 2023-yil 26-sentabr kuni davra suhbati o‘tkazildi.

Mazkur davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida” Qonunining mazmun - mohiyati xodimlarga yetkazilib, o‘zaro fikr-mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, shu vaqtga qadar REV va YuChQ egalari tomonidan iste’molchilar so‘rovnomasi bo‘yicha berilgan so‘rovnoma o‘rganilib, korrupsiya holatlari bo‘yicha fikrlar mavjud emasligi aniqlandi.

Sirdaryo viloyati EMMX xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollari va fikrlari bilan faol ishtirok etishdi, har qanday holatda qonun ustuvorligini ta’minlash asosiy maqsadimizdir.

  Sirdaryo viloyati EMMX

1-toifali muhandisi

Xidirov B.I.

Faylni tanlang