"EMMM" DUK yangiliklari

BIZ KORRUPSIYAGA QARSHIMIZ

Insoniyat o‘z moddiy extiyojlarini to‘la qondirish uchun ikki yo‘l doimo bashariyat oldida turgan. Ulardan biri bu maqsadlarga mehnat va o‘z harakatlari orqali yetishish bo‘lsa, ikkinchisi oson va asosiysi atrofdagilarga katta zarar beruvchi illatlar orqali marrani zabt etishdir. Ushbu illatlar orasida korrupsiyani ham alohida ta’kidlab o‘tish kerak.

dfgdfgggggg1000x750.jpeg

Korxonamiz xodimlarining huquqiy bilimlarini yanada oshirish maqsadida joriy yilning 31-yanvar kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari o‘rtasida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida o‘quv-seminar o‘tkazildi.

xcbvcbcccc1000x750.jpeg

O‘quv-seminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari, aloqa va axborotni himoyalash bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik M.Atajanov ma’ruza qildi. Seminarda xodimlarga korrupsiyaning asl mohiyati va uning illatlari haqida asosiy tushunchalar berildi. 

cvbnnnnn1000x750.jpeg

Shuningdek, korxonamizda korrupsiyaga qarshi murosasizlikni kuchaytirish, ushbu illatga qarshi kurashishda ijtimoiy faollikni oshirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi EMMX 1-toifali muhandisi  M.O.Dlekeev

Faylni tanlang