Soha yangiliklari

Coursera plartformasida besh mingdan ziyod foydalanuvchi roʻyxatdan oʻtdi

 

Hozirgi kunga qadar Coursera plartformasida besh mingdan ziyod foydalanuvchi roʻyxatdan oʻtdi

Avval habar berganimizdek, Dasturiy maxsulotlar va axborot texnologiyalar texnologik parki (IT-ParkBandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Coursera ta’lim platformasi bilan birga vaqtincha ishsiz qolgan fuqarolarimiz uchun bepul ta’lim olish bo‘yicha aksiyani yo‘lga qo‘yishdi. Yaqindan boshlab kurslar o‘zbek tilida ham mavjud.

 

Aksiya doirasida tinglovchilar quyidagi yo‘nalishlari bo‘yicha uch oylik kurslardan o‘tadi:

  • Biznes;
  • Kompuyter savodhonligi;
  • Ma’lumotlar bo‘yicha fan;
  • Tillarni o‘rganish.

 

Coursera –  dunyodagi yetakchi onlayn taʼlim platformalaridan biri boʻlib, unda jahonning nufuzli oliygohlarida faoliyat olib boruvchi kuchli ekspert hamda oʻqituvchilar ishtirokida kurslar tashkil qilinadi. Kurslarni muvaffaqiyatli topshirganlarga professional sertifikat beriladi, va ushbu sertifikat yirik kompaniylar tomonidan tan olinadi. 

Kurslarga ro‘yxatdan 30 sentybrga qadar quyidagi havola orqali o‘tish kerak.

 

Manba: Axborot xizmati

Faylni tanlang