Korrupsiya – jamiyat rivojiga tahdid soluvchi asosiy tahdidlardan biri bo‘lib qolmoqda. U davlat va jamiyatning rivojlanishi hamda taraqqiy etishiga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatuvchi illatlardan biri hisoblanadi. Bugungi kunga kelib, jahonning deyarli barcha davlatlarida korrupsiya muammosi va uning natijasida kelib chiqadigan oqibatlarga duch kelish mumkin. Darhaqiqat, korrupsiya oqibatlari bilan kurashishdan ko‘ra, uni barvaqt oldini olish muhim masaladir.
2025-yil 25-mart kuni Qashqadaryo viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatida “Korrupsiyaga qarshi kurashish – barqaror taraqqiyot omili” mavzusida davra suhbati tadbir tashkil qilindi. Tadbirga Qarshi shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti Absalomov Sharofiddin Ergashovich taklif etildi.
Tadbir davomida ma’ruzachi tomonidan dastlab, korrupsiyaning davlat va jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan sabablardan biri ekanligi, korrupsiyaning davlat boshqaruvidagi salbiy ta’siri, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarga yetkazayotgan zararlari haqida so‘z yuritildi. Korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari, xalqaro tajribalar va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar korrupsiyaga qarshi kurashda barcha fuqarolar va tashkilotlarning hamkorligi muhim ekanligini e’tirof etilgan holda, fikr-mulohazalar almashildi. Korrupsiyaning oldini olish, uni butunlay bartaraf etish uchun huquqiy islohotlar bilan bir qatorda, har bir fuqaroning huquqiy savodxonligi ham juda muhim ekanligi ta’kidlandi.
Qashqadaryo viloyati EMMX 2-toifali muhandisi B. Raxmonov