"EMMM" DUK yangiliklari

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH – DOLZARB VAZIFA

Korrupsiya bu mansabdor shaxslar tomonidan davlat hokimiyati yoki boshqaruvi vakolatlaridan foydalangan holda shaxsiy manfaatlarni yoki boshqa shaxslar manfaatini ko‘zlab sodir etiladigan jinoyatlar yig‘indisidir.

O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi 419-son Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5177–son Qarorlarida mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish barcha davlat va jamoat tashkilotlari hamda moliyaviy muassasalarning ustuvor vazifasi etib belgilangan.

 

Ushbu yo‘nalishdagi ishlarni dolzarbligini e’tiborga olgan holda korxonamiz tomonidan ham bir qancha tashkiliy ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki normativ hujjatlar to‘plami va chora tadbirlar rejasi ishlab chiqilib amalga kiritilgan.

 

Rejaga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmatida, korrupsion holatlarning oldini olish maqsadida, joriy yilning 30‑yanvar kuni “Korrupsiyaga qarshi kurashish – dolzarb vazifa” mavzusida o‘quv-seminar o‘tkazildi.

O‘quv-seminarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi profilaktika inspektori, kapitan I.Jumageldiyev tashrif buyurib, korrupsiyaviy holatlarning turlari, kelib chiqishi, korrupsiya bilan firibgarlikning farqi, jinoyat kodeksida keltirilgan jazo turlari haqida keng tushunchalar berdi. Ma’ruzachi o‘z xizmat faoliyati davomida uchragan, atrofimizda yuz berayotgan korrupsiyaviy holatlar va ularning oqibatlari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berdi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmati 1-darajali radiooperatori A.Shimbergenov

 

Faylni tanlang