"EMMM" DUK yangiliklari

KORRUPSIYА ILLATIGA QARSHI KURASH – BUGUNGI KUN DAVR TALABI

Jamiyatda Korrupsiya illatiga qarshi kurashish va uning oqibatlarining oldini olish bugungi kunda jamiyat oldida turgan va bunga shavqatsiz qarshi kurashish dolzarb bo‘lgan og‘riqli mavzulardan biriga aylanib bormoqda.

Korrupsiya illatiga qarshi kurashish va oqibatlarining oldini olishda amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar, targ‘ibot tadbirlarini yanada jonlantirish maqsadida joriy yilning 25-aprel sanasida Jizzax viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatida Jizzax viloyati Adliya boshqarmasi bosh maslahatchisi Sh.T.Sulaymonov ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Unda fuqarolarning korrupsion harakatlarga nisbatan salbiy fikrlarini uyg‘otish, korxona va tashkilotlarda korrupsion harakatlarga barham berishni qat’iy nazoratga olish maqsadida hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan izchil chora-tadbirlar va bu sohadagi qonunchilik hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgarishlar va ularning hayotga tadbiq etilishi yuzasidan xizmat xodimlariga ma’lumotlar berilib, fikr mulohazalar tinglandi.

 

 

Jizzax viloyati EMMX 2-toifali tarmoq muhandisi X.A.Israilov

Faylni tanlang