"EMMM" DUK yangiliklari

Бухоро вилоятидаги Меҳрибонлик уйи тарбияланувчилари билан учрашуви

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining o‘ttiz yilligi bayramini keng nishonlash munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi hamda tizim korxonalari, jumladan Buxoro viloyati EMMX va mobil aloqa operatorlari tomonidan
Buxoro viloyati, Buxoro shahridagi 32-son Mehribonlik uyida tarbiyalanuvchi o‘g‘il-qizlar uchun xayriya tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida yoshlarni Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga qiziqtirish maqsadida “IT park” Buxoro filiali bilan hamkorlikda Mehribonlik uyida tarbiyalanayotgan o‘quvchi yoshlar o‘rtasida Kibersport musobaqalari tashkil etildi. Shuningdek, tadbir doirasida bayram konsert dasturi tashkil etilib, tadbir yakunida Kibersport musobaqasi g‘oliblariga sertifikatlar hamda tarbiyalanuvchi o‘g‘il-qizlar uchun tikuv mashinalari va sport anjomlari tantanali ravishda topshirildi.

Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining ko‘tarinki kayfiyati va xursandchiligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimida bu kabi xayrli amallarni bardavom bo‘lishiga xizmat qiladi.

 

Buxoro viloyati
1 toifali muhandisi R.Odilov

Faylni tanlang