"EMMM" DUK yangiliklari

Buxoro shahri hududida ruxsatnomasiz noqonuniy foydalanib kelinayotgan radioelektron vositalar aniqlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi “Radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruxsat etish hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida”gi 801-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida 2024-yil mobaynida hamkorlikda o‘tkaziladigan chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan.

Ushbu tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasiga asosan Buxoro shahar IIB, Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “O‘zkomnazorat” Inspeksiyasining Buxoro viloyati hududiy sho‘basi xodimlari hamda Buxoro viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati mutaxassislari hamkorligida joriy yilning 19-sentabr kuni Buxoro shahar hududida tezkor tadbir o‘tkazildi.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Buxoro shahri hududida “Baofeng BF-888S” rusumli radioelektron vositalaridan tegishli ruxsatnomalarsiz noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Aniqlangan huquqbuzarlik yuzasidan Buxoro shahar IIB xodimlari tomonidan REVlar vaqtincha olib qo‘yildi va qonunchilikda belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “O‘zkomnazorat” Inspeksiyasining Buxoro viloyati hududiy sho‘basiga yuborildi.

 

Tayyorladi: Buxoro viloyati EMMX 1-toifali muhandisi R. Odilov

Faylni tanlang