EMMM yangiliklari

Buxoro shahrida mobil aloqa signallarini kuchaytiruvchi noqonuniy retranslyator qurilmalari aniqlandi

Buxoro shahri hududida faoliyat yuritayotgan mobil aloqa operatorlarining Buxoro viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatiga radioxalaqitlarni bartaraf etish yuzasidan kelib tushgan murojaatlari asosida radiomonitoring tadbirlari amalga oshirildi.

O‘tkazilgan radiomonitoring ishlari davomida Buxoro shahri hududida foydalanilayotgan mobil aloqa signallarini kuchaytiruvchi retranslyator qurilmalari mobil aloqa tayanch stansiyalarining faoliyatiga salbiy radioxalaqitlar keltirib chiqarayotgani aniqlandi.

Mazkur radioxalaqitlarni bartaraf etish maqsadida 2026-yil 16-iyun kuni Buxoro shahrida Buxoro viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati hamda Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida navbatdagi radiomonitoring tadbiri o‘tkazildi. Tadbir davomida mobil aloqa signallarini kuchaytiruvchi noqonuniy retranslyator qurilmalari aniqlandi.

Radiochastotalar bo‘yicha Respublika kengashining 2022-yil 23-avgustdagi 707-son qaroriga muvofiq, texnik talablarga javob bermaydigan mobil aloqa signallarini kuchaytiruvchi retranslyator qurilmalarini O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqish, modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish, xorijdan olib kirish hamda ulardan foydalanish qat’iyan taqiqlanadi.

Buxoro viloyati EMMX 1-toifali muhandisi R. Odilov

photo2026-06-1717-56-50.jpg

photo2026-06-1717-56-56.jpg

photo2026-06-1717-57-00.jpg

Faylni tanlang