"EMMM" DUK yangiliklari

Buxoro viloyati EMMX xodimlari Favqulodda vaziyatlar o‘quv markazida bilim olishdi

Har bir davlatda jamiyat xavfsizligini ta’minlash eng ustuvor masalalardan biridir. Tabiiy va texnogen xususiyatga ega bo‘lgan favqulodda vaziyatlar kutilmaganda sodir bo‘lib, ko‘plab insonlar hayotiga xavf tug‘diradi, iqtisodiyot va ekologiyaga jiddiy zarar yetkazadi. Shuning uchun favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularga tayyor turish va oqibatlarini bartaraf etish muhim ahamiyat kasb etadi.

Favqulodda vaziyatlar — bu hayotimizning muhim va ajralmas xavf-xatarlaridan biridir. Har bir fuqaro favqulodda holatlarda qanday harakat qilishni bilishi, xavfsizlik qoidalariga rioya qilishi va davlat xizmatlari bilan hamkorlik qilishi kerak. Faqatgina tayyorgarlik, xabardorlik va jamoaviy harakat orqali biz bunday holatlarning salbiy oqibatlarini kamaytira olamiz.

Hozirgi davrda favqulodda vaziyatlarga tayyor turish har bir davlat, tashkilot va fuqaroning ustuvor vazifasidir. Shu maqsadda tashkil etilgan favqulodda vaziyatlar o‘quv markazi aholining turli qatlamlariga favqulodda holatlarda harakat qilish ko‘nikmalarini shakllantirish, xavfsizlik madaniyatini oshirish va malakali kadrlarni tayyorlashda muhim rol o‘ynamoqda.

Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga qarashli “Hayot faoliyati xavfsizligi” o‘quv markazida Buxoro viloyati EMMX barcha xodimlari bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.

O‘quv markazi – bu nafaqat bilim va ko‘nikmalar o‘rgatiladigan maskan, balki xavfsizlik madaniyatini shakllantiruvchi muhim muassasa hisoblanadi. Har bir fuqaroning o‘z hayoti va atrofdagilar hayotini asrash uchun kerakli bilimga ega bo‘lishi – jamiyat barqarorligi va xavfsizligining asosidir.

 

Buxoro viloyati EMMX 1-toifali muhandisi R.Odilov

photo2025-06-0415-53-30.jpg

photo2025-06-0415-53-35.jpg

photo2025-06-0415-53-40.jpg

Faylni tanlang