"EMMM" DUK yangiliklari

Buxoro viloyati hududida ruxsatnomasiz noqonuniy ravishda foydalanib kelinayotgan radioelektron vositalar aniqlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi “Radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruxsat etish hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida”gi 801-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida 2025-yil mobaynida hamkorlikda o‘tkaziladigan chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan.

Ushbu tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasiga asosan Buxoro viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati tomonidan muntazam ravishda radiomonitoring radbirlari o‘tkazib kelinmoqda. 2025-yil avgust oyida o‘tkazilgan radiomonitoring tadbirlari davomida Buxoro viloyatida joylayshgan avtomobillarga “Metan” gaz quyish shaxobchalari hududida qo‘lda olib yuriluvchi radiostansiyalardan noqonuniy ravishda foydalanib kelinayotganligi aniqlandi.

Buxoro viloyati hududida o‘tkazilgan radiomonitoring tadbirlari davomida aniqlangan radioelektron vositalardan noqonuniy foydalanishni bartaraf etish maqsadida hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “O‘zkomnazorat” Inspeksiyasining Buxoro viloyati hududiy sho‘basiga yuborildi.

photo2025-09-0818-02-12.jpg

 

Buxoro viloyati EMMX 1-toifali muhandisi R. Odilov

Faylni tanlang