"EMMM" DUK yangiliklari

BUXORO VILOYATIDA QOʻMONDONLIK-SHTAB OʻQUV MASHQLARI O‘TKAZILDI

Buxoro viloyatining Buxoro shahri va Buxoro tumanida “Boshqaruv organlari, Favqulodda vaziyatlar davlat tizimi hududiy va funksional quyi tizimlarining favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish boʻyicha harakatlari” mavzusida 2022-yilning 28-fevral - 2-mart kunlari qoʻmondonlik-shtab oʻquv mashqlari oʻtkazildi.

Ushbu qoʻmondonlik-shtab oʻquv mashqlarda viloyat tashkilotlari tomonidan qoʻmondonlik-shtab oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazishga puxta tayyorgarlik koʻrilganligi, fuqaro muhofazasi boʻyicha berilgan topshiriqlar va belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida bajarib kelinayotganligi ushbu muhim tadbirning yuqori saviyada amalga oshirilishini taʼminladi.

Oʻtkazilgan qoʻmondonlik-shtab oʻquv mashqlarida “EMMM” DUK fuqaro muhofazasi bo‘yicha 2-toifali muhandisi Sh.Normurodov, Buxoro viloyati EMMX boshlig‘i V.Qo‘shayev va Buxoro viloyati EMMX 1-toifali muhandisi R.Odilovlar kuzatuvchi sifatida ishtirok etishdi. Qoʻmondonlik-shtab oʻquv mashqlari davomida favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda toʻgʻri harakat qilish boʻyicha bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishdi.

Buxoro viloyati

EMMX 1-toifali muhandisi R.Odilov

Faylni tanlang