"EMMM" DUK yangiliklari

Buxoro viloyatining Vobkent tumanida xayriya hashari

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik shiori ostida tashkil qilingan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish umumxalq xayriya hasharida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Buxoro viloyatidagi tizim tashkilotlari ham faol ishtirok etdi.

Umumxalq xayriya hasharlarida 1050 nafarga yaqin tizim tashkiloti xodimlari faol qatnashdi. Tashkilotlardagi yer maydonlari obodonlashtirildi. 1200 tup daraxtlarga shakl berilib oqlandi. Bino hududlarida tozalash ishlari amalga oshirildi.

Vobkent tumanida barcha korxona rahbarlari tomonidan Vobkent tumanI telekommunikatsiya bog‘lamasi, Vobkent tumani teleradiouzatish markazi, Vobkent pochta aloqasi bog‘lamasi va raqamli texnologiyalar o‘quv markazi hududlarida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Xayriya hasharida Vazirlikning hududiy boshqarmasi, “O‘zbektelekom” aksionerlik kompaniyasi Buxoro fililali, “O‘zbekiston pochtasi” aksionerlik jamiyati Buxoro fililali, Buxoro viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati, barcha mobil aloqa kompaniyalari, Telekommunikatsiya transport tarmog‘i fililali 5-bog‘lamasi, Buxoro radioteleuzatish markazi, “IT PARK” Buxoro filiali, “Dildora-F” xususiy korxonasi viloyat bo‘limi, East telecom MCHJ Buxoro bo‘limi hamda Buxoro axborot texnologiyalari texnikumi rahbarlari faol ishtirok etdilar.
 
Buxoro viloti EMMX
1 toifali muhandisi R.Odilov

Faylni tanlang