"EMMM" DUK yangiliklari

Sirdaryo viloyatida telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish bo‘yicha 2022 - 2024 yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar yuzasidan chora-tadbirlar rejasi muhokama qilindi

Ma’lumki 2021 yil 19 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 699-conli Qarori qabul qilindi.

 

Ushbu Qaror bilan respublikada raqamli infratuzilmani jadal rivojlantirish, shahar va qishloq hududlari o‘rtasidagi «raqamli tafovut»ni bartaraf etish hamda taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan mamalakatimizda telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari belgilab berilgan.

 

2021 yil 2 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi Sirdaryo viloyati hududiy inspeksiyasi va Sirdaryo viloyati elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari bilan birgalikda “2022 - 2024 yillarda xalqaro va davlat ahamiyatiga molik avtomobil yo‘llarini mobil aloqa qamrovi bilan ta’minlash reja-jadvali” muhokama qilindi.

 

 

Sirdaryo viloyati elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari tomonidan soha korxonalari oldiga qo‘yilgan vazifalarni o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash, shuningdek, 2022 - 2024 yillarda Sirdaryo viloyatidagi xalqaro va davlat ahamiyatiga molik avtomobil yo‘llarida mobil aloqa qamrovini muntazam ravishda monitoring qilish uchun barcha zarur texnik imkoniyatlar mavjudligi bo‘yicha ma’lumot berildi.

 

 

Shundan so‘ng tadbir ishtirokchilari Sirdaryo viloyati elektromagnit moslashuv xizmatiga 2021 yil noyabr oyida topshirilgan “Rohde&Schwarz” kompaniyasining “QualiPoc” ko‘p funksiyali mobil qurilmalari imkoniyatlari bilan tanishtirildi.

 

 

 

 

Xizmat xodimlari tomonidan Sirdaryo viloyati hududidan o‘tuvchi M-34, M-39, A-373, A-376 xalqaro avtomobil yo‘llarida mobil aloqa va mobil internet qamrovini aniqlash maqsadida shu kunlarda olib borilayotgan o‘lchov ishlari natijalari bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.

 

Tadbir ishtirokchilari o‘tkazilgan taqdimot mavzusi bo‘yicha o‘zlarining fikr va muloxazalarini bildirishdi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi va O‘zbekiston Respublikasi axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi rahbarlari tomonidan 2024 yilgacha Sirdaryo viloyatidagi xalqaro avtomobil yo‘llarida mobil aloqa va mobil internet qamrovini 100% ga yetkazish uchun barcha mobil aloqa operatorlari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, mobil aloqa va mobil internet qamrovi mavjud bo‘lmagan hududlarda yangi mobil aloqa tayanch stansiyalarini o‘rnatish bo‘yicha zarur tavsiya va ko‘rsatmlarni ishlab chiqish, shuningdek, har chorakda o‘tkaziladigan o‘lchov natijalarini tahlil qilib borish bo‘yicha mas’ul xodimlarga zarur topshiriqlar berildi.

 

 

Tadbir ishtirokchilari Sirdaryo viloyatida telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha belgilab berilgan vazifalarni o‘z vaqtida ijrosini ta’minlash maqsadida muntazam ravishda o‘zaro axborot almashishga kelishib olishdi.

 

Muallif: Raimjonov Jaxongir

Faylni tanlang