"EMMM" DUK yangiliklari

Ommaviy axborot vositalari оrqali tushuntirish va ogohlantirish ishlari olib borilmoqda

Farg‘ona viloyati EMMX tomonidan Farg‘ona viloyati aholisi uchun viloyat hududida faoliyat yuritayotgan ommaviy axborot vositalari orqali Dronlar(uchuvchisiz uchish qurilmasi)ni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, sotish, saqlash va foydalanishda amaldagi qonunlar to‘g‘risida tushuntirish ishlari hamda qonunlar buzilgan holda javobgarlik to‘g‘risida ogohlantirishlarni o‘z ichiga olgan maxsus videorolik muntazam ravishda efirga uzatilmoqda.

Maxsus videorolik Farg‘ona viloyatidagi 4 ta teleradiokanal orqali uzatilmoqda, bular “Farg‘ona viloyat teleradiokanali”, “Ruxsor teleradiokanali”, “Muloqot televideniyasi” va “Tohir-Bag‘dod televideniyasi”.


 

Farg‘ona viloyati EMMX 2-toifali muhandisi Sh.Sadixanov

Faylni tanlang