"EMMM" DUK yangiliklari

Siyosiy – ma’rifat soati

Buxoro viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatida har juma kuni xodimlar uchun “Siyosiy – ma’rifat soati” tashkil etilib kelinmoqda.

Mazkur tadbirda xodimlar mamlakatimizda va xorijda ro‘y berayotgan muhim voqealar, davlatimiz tomonidan mamlakatimiz taraqqiyoti yo‘lida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishadilar.

Buxoro viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatida o‘tkazilayotgan bunday tadbirlar xodimlarning vatanparvarlik tuyg‘usini yanada oshiradi. Bu esa ularni mamlakatimizni yanada rivojlantirish uchun zimmasiga yuklangan vazifalarni vijdonan bajarishga undaydi.

 

Buxoro viloyati EMMX 1-toifali muhandisi R. Odilov

 

Faylni tanlang