"EMMM" DUK yangiliklari

“EMMM: Maroqli hordiq va mazmunli sayohat

2022-yilning 13-14-avgust kunlari “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasining bir guruh xodimlari ishtirokida “Team-building” tamoyili asosida Toshkent viloyati Angren shahrida joylashgan “Yangiobod turbaza” dam olish maskaniga va Angren shahar tarixi muzeyiga sayohat tashkil qilindi.

Sayohat xodimlarga Angren shahrining boy tarixiga nazar solish, “Zipline” hamda “Roup Jumping” kabi ekstremal sport o‘yinlari bilan shug‘ullanish, kunning jaziramasida tog‘ning katta-kichik cho‘qqilarini zabt etish mashaqqati va zavqini his etish, turli qaltis sharoitlarda epchil va sabrli bo‘lishni o‘rganish bilan birga, ahil jamoa bilan maroqli va mazmunli dam olish imkonini berdi.

Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari
bilan aloqalar mutaxassisi L.Turgunova

Faylni tanlang