"EMMM" DUK yangiliklari

Keksa avlodlarni qadrlash oliy qadriyat

Yillar o‘taveradi lekin o‘zbek xalqining bir-biriga mehr-oqibati, saxiyligi, ochiq ko‘ngilliligi hech qachon yo‘q bo‘lib ketmaydi. Ayniqsa, keksalarga hurmat-ehtirom, mehr-oqibat ko‘rsatish hayotimizning eng asosiy qadriyatlaridan biri bo‘lib kelmoqda. Barchamizga ma’lumki yoshi ulug‘ bobo-buvilarimiz yashaydigan uylarning fayzu barakasi o‘zgacha bo‘ladi. Ular eng yaxshi maslahatgo‘y, hayot tajribasi katta va tog‘ri yo‘l ko‘rsatuvchi duogo‘ylardir.

 

Hozirgi kunda korxonamizning nuroniylari va mehnat faxriylariga alohida hurmat-ehtirom ko‘rsatish, ularni ma’naviy va moddiy tomondan qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq chora-tadbirlar muntazam ravishda amalga oshirilmoqda.

Ma’lumki, yurtimizda 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami keng nishonlandi, shu munosabat bilan “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi Kasaba uyushmasi tomonidan nafaqadagi ayollarga esdalik sovg‘alari taqdim etildi. Shuningdek, faxriylarni uylariga borib ulardan xabar olib, dildan suhbat qurib yaxshi xotiralarni eslab sovg‘alar ulashildi.

Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari
bilan aloqalar mutaxassisi N.M.Obidova


 

Faylni tanlang