Soha yangiliklari

Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi tomonidan maxsus so‘rovnoma o‘tkazilmoqda

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) – davlat xizmatlaridan elektron ko‘rinishda foydalanishga mo‘ljallangan zamonaviy platformadir.

Bugungi kunda aholi va tadbirkorlarga YIDXP orqali elektron hukumat xizmatlarining ko‘rsatilish sifatini oshirish, shuningdek, ulardan foydalanishda yanada qulayliklarni ta’minlash maqsadida Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi tomonidan maxsus so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.

Ushbu so‘rovnomada faol ishtirok etib, o‘z savol va takliflaringiz bildirish orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatishda yanada shaffoflikning ta’minlanishiga siz ham hissangizni qo‘shishingiz mumkin. 

 So‘rovnoma savollari bilan tanishish uchun havola: link.egov.uz/surveyuz

Manba: Axborot xizmati

Faylni tanlang