«Hilton» mehmonxonasida 2 kunlik Markaziy Osiyo Internet boshqaruvi forumi CAIGF 2024 yakunlandi. Unda Yevropa, Xitoy, Kanada va boshqa mamlakatlarning hukumatlari, biznes vakillari, xalqaro va nodavlat tashkilotlari, yetakchi ekspertlari ishtirok etdi.
Forum Markaziy Osiyo uchun muhim voqea bo‘lib, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning strategik yo‘nalishlarini belgilaydi. Forum innovatsion yechimlarni muhokama qilish va qo‘shma strategiyalarni ishlab chiqish uchun noyob imkoniyatlarni taqdim etadi, bu esa raqamli texnologiyalar davrida mintaqalararo hamkorlikni mustahkamlash va barqaror o‘sishni ta’minlashga qaratilgan.
Forumning asosiy mavzulari: raqamli infratuzilma, Markaziy Osiyo uchun xavfsiz raqamli kelajak, innovatsiyalar davridagi tartibga solish.
Tadbir doirasida yalpi majlislar, muhokamalar, shuningdek, raqamli loyihalar va IT-kompaniyalarning ko‘rgazmalari bo‘lib o‘tdi.