"EMMM" DUK yangiliklari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi EMMXda huquqiy savodxonlik va siyosiy-ma’rifat soatlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari huzurida 2020-yil 23‑oktyabrda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishining 7-son bayonnomasi 10-bandi ijrosini ta’minlash yuzasidan, xodimlarning ma’naviy-ma’rifiy bilimlarini va huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida haftaning har juma kuni soat 09:00da O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining YouTube kanali hamda ilm.argos.uz malaka oshirish platformasi orqali taqdim etilayotgan siyosiy-ma’rifat soatlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari faol tarzda qatnashib kelmoqda.

Bu vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbar va xodimlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati bilan ekspert va mutaxassislar tomonidan tanishtiriladi. Respublika miqyosida olib borilayotgan ushbu siyosiy-ma’rifat soatlari - korxonada faoliyat yuritayotgan har bir xodimning islohotlardan xabardorligini, siyosiy-huquqiy bilimining yuqoriligini, dunyoqarashining kengligini va albatta kasbiy salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

QR EMMX 1-toifali muhandisi Dlekeyev M.O.

Faylni tanlang