EMMM yangiliklari

Chegara hududlarida O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi mutaxassislari tomonidan mobil aloqa maydoni kuchlanganlik darajasini birgalikda o‘lchash

photo2026-05-1910-42-08.jpg

Joriy yilning 12-13-may kunlari Elektromagnit moslashuv markazi mutaxassislari Tojikiston Respublikasi hukumati huzuridagi Aloqa xizmati taklifiga binoan Tojikiston Respublikasining chegaraoldi hududlari bo‘ylab mobil aloqa maydoni kuchlanganlik darajalarining elektromagnit moslashuvchanligini ta’minlash masalalari bo‘yicha qo‘shma texnik o‘lchovlar o‘tkazdilar.

Birgalikda o‘tkazilgan o‘lchov ishlari doirasida 2300 MGs diapazondagi radiochastota spektri monitoringi amalga oshirildi, shuningdek, Tojikiston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasi bilan chegaradosh hududlarida o‘zaro kirib boruvchi mobil aloqa signallari manbalari o‘lchandi va aniqlandi.

photo2026-05-1910-42-12.jpg

O‘tkazilgan tadbirlar natijalariga ko‘ra, mobil aloqa tarmoqlarining texnik parametrlari amalga oshirildi va kelishildi hamda Tojikiston Respublikasining chegara hududlarida, xususan Tursunzoda, Shahrinav va Hisor shaharlarida mobil aloqa signallarini minimallashtirish bo‘yicha qo‘shma yechimlar tayyorlandi.

Faylni tanlang