Soha yangiliklari

Yoshlar ittifoqi a’zolari mobil aloqadan deyarli bepul foydalanishlari mumkin

Bugungi kunda O‘zbekiston aholisi, ayniqsa, yoshlar mobil aloqadan faol foydalanmoqda. Yoshlarga qulayliklar yaratish maqsadidan butun respublikamiz bo‘ylab xizmatlar taqdim etuvchi UZMOBILE milliy mobil aloqa operatori O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi bilan hamkorlikda maxsus ijtimoiy loyiha — yangi «Yoshlar» tarif rejasini taqdim etdi.

Mazkur hamkorlik O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyuldagi «Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosining ta’minlanishiga keng imkoniyatlar beradi.

Ijtimoiy yo‘naltirilgan bunday loyiha O‘zbekistonda birinchisi hisoblanadi. Loyihaning asosiy maqsadi – yoshlarni birlashtirish va ularning axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining eng so‘nggi yutuqlaridan foydalanishi uchun imkonitlarni kengaytirish.

Mazkur tarif rejasining joriy etilishi millionlab yoshlarga sifatli va xamyonbop narxdagi aloqadan foydalanish imkonini berdi. Tarif rejasi ichida muloqot qilish mutlaqo bepul. Unga ulanishning yagona sharti – Yoshlar ittifoqiga a’zolik hisoblanadi.

Mamlakatimizning Yoshlar ittifoqiga a’zo faol yosh yigit va qizlari endilikda suhbat narxidan xavotirlanmay, o‘zaro cheksiz muloqot qila oladilar.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi mamlakatning boshqa operatorlarining ham yoshlarimizning mobil aloqa xizmatlaridan imtiyozli foydalanishiga imkoniyat beruvchi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Manba: Axborot xizmati

Faylni tanlang