"EMMM" DUK yangiliklari

“Cholish-Amudaryo” YPX maskanida navbatdagi radiomonitoring tadbirlari o‘tkazildi

2023-yil 24-noyabr kuni tegishli vazirlik va tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlash uchun tasdiqlangan yillik ish rejaga asosan viloyat hududiga avtotransport vositalari orqali asosiy kirib kelish mumkin bo‘lgan blok postlardan biri “Cholish-Amudaryo” YPX da Xorazm viloyati EMM xizmati muhandislari tomonidan radiomonitoring tadbirlari o‘tkazildi. Radiomonitoring tadbirlari Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-noyabrdagi 499-son va 2020-yil 22-dekabrdagi 801-son qarori talablariga asosan olib borildi. Tadbir mobaynida ichki yonuv dvigatellaridan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan industrial radioxalaqit manbalarini o‘lchash bo‘yicha hamda avtotransport vositalariga noqonuniy o‘rnatilgan va foydalanilayotgan radioelektron vositalarni aniqlash maqsadida navbatdagi radiomonitoring ishlari amalga oshirildi. Radiomonitoring ishlari mobaynida fuqaro Masharipov Mo‘minga tegishli davlat raqami 90 C967EA bo‘lgan, VAZ 2106 rusumli avtransport vositasining industrial radioxalaqitlari me’yorlarini o‘lchash ishlari amalga oshirildi.  Fuqaro Masharipov Mo‘minga va boshqa haqdovchilarga yuqoridagi qonunlar mazmun-mohiyati bo‘yicha tushuntirishlar berilib, kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qonun buzilishlarini oldi olindi. 

Faylni tanlang