Soha yangiliklari

Milliy messenjer hamda interaktiv IT-platformalar taqdim qilindi

16-avgust kuni Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejida o‘quvchilar tayyorgarligi to‘liq siklini nazorat qilish tizimlarini yaratish doirasida ijtimoiy IT-loyihalar taqdimoti o‘tkazildi. Loyihalar O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi, O‘zbekiston Respublikasi fan va texnologiyalar agentligi yordamida «O‘zbektelekom» AKning UZMOBILE operatori tomonidan ishlab chiqilgan.

Kompaniya xodimlari va Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji o‘quvchilari tomonidan mutlaqo yangi loyihalar namoyish etildi, loyihadan maqsad uzluksiz ta’lim tizimini zamonaviy bozor talablari bilan integratsiyalash (mujassamlashtirish) uchun ijtimoiy lift qurish bo‘lib hisoblanadi.

«Smart Education» – ta’lim sohasida ta’lim jarayoni barcha ishtirokchilari o‘rtasida ijtimoiy o‘zaro hamkorlik vositalari bilan elektron hujjatlarni almashish imkoniyatlarini birlashtiruvchi internet-portal.

«EduCard» - O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun yagona naqdsiz to‘lov tizimi. Loyiha doirasida o‘quvchilar uchun o‘zida ta’lim kartasi va to‘laqonli bank kartasi funksionalligini birlashtiruvchi yagona identifikatsion kartalar ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.

«GAP» - matnli xabarlar, shuningdek, turli formatlardagi mediafayllar almashishga mo‘ljallangan milliy messenjer.

«Muloqot.tv» – video-taqdimot formatida turli tanlovlarni o‘tkazishga mo‘ljallangan yoshlar interaktiv platformasi.

Mazkur loyihaning amalga oshishi evaziga quyidagi imkoniyatlarga erishiladi:

  • ta’lim jarayonida barcha o‘quvchilar uchun yagona axborot maydonini yaratish;
  • o‘quvchilar uchun ta’lim kartasi va to‘laqonli bank kartasi funksionalligini birlashtiruvchi yagona ID kartalarini joriy etish;
  • turli yo‘nalishdagi keng miqyosli monitoringni o‘tkazish uchun o‘quvchilar portfoliosini yaratish;
  • o‘qituvchilar va o‘quvchilar motivatsiyasi hamda rag‘batlantirish mexanizmlarini yaratish, shuningdek, o‘quvchilar tayyorgarligining to‘liq siklini nazorat qilish tizimini yaratish.

Manba: Axborot xizmati

Faylni tanlang