Soha yangiliklari

Qashqadaryo IT-texnikumida yoshlar uchun zamonaviy o‘quv jarayonlarini tashkil etish va ularga qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha topshiriqlar berildi

Bugun, 16-aprel kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Qashqadaryo viloyatiga xizmat safari davomida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Qarshi filialiga qarashli Qashqadaryo axborot texnologiyalari texnikumiga tashrif buyurdi. AKT vaziri u yerda yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, texnikum holati va ichki imkoniyatlarini ko‘zdan kechirdi. Qashqadaryo axborot texnologiyalari texnikumi 540 o‘rinli bo‘lib, unda zamonaviy talablarga rioya qilgan holda o‘quv jarayonlarni tashkil etish va yoshlaning bo‘sh vaqtlarni mazmunli o‘tkazish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Texnikumda o‘quv binosi, sport zal, ustaxona, 50 o‘rinli yotoqxona, faollar zali mavjud. Tashrif davomida mas’ul va texnikum talabalari bilan suhbat uyushtirilib, fikr va takliflar almashildi.  Yoshlarni AKTga keng jalb qilish, yuqori texnologik bilimlarni egallashlari va ta’lim sifatini oshirish hamda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha topshiriqlar berildi. 
Faylni tanlang