Soha yangiliklari

Beruniy tumanida bo‘sh joylardan unumli foydalanib BPO markazlarini tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berildi

Bugun, 12-mart kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Qoraqalpog‘iston Respublikasiga xizmat safari doirasida Beruniy tumanida joylashgan aloqa obyektlari bilan bilan tanishdi. Dastlab AKT vaziri Sh. Shermatov Beruniy tumani telekommunikasiya bogʻlamasiga borib, u yerdagi sharoitlarni o‘rgandi. Bogʻlama faoliyati bilan tanishib, mijoz va xodimlarga qulay shart-sharoit yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Shundan so‘ng AKT vaziri ushbu tumandagi yoshlar markaziga borib, binoning bo‘sh joylarini zamonaviy talablardan kelib chiqib ta’mirlash va ulardan unumli foydalanish, jumladan, BPO markazlarini tashkil etish taklifini bildirdi va bu orqali tumanning IT sohasida eksport hajmining oshishini ta’kidlab oʻtdi.  Shuningdek, navbatdagi tashrif tumandagi axborot resurs markazi bo‘ldi. U yerda yoshlar uchun axborot texnologiyalari sohasiga oid manbalarni ko‘paytirish, bilimga chanqoq yoshlarni kengroq halb qilish bo ‘yicha ko‘satmalar berdi. Shu bilan birga, yoshlar markazida tumandagi IT sohasiga qiziquvchi yoshlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. U yerda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga AKT vaziridan javoblar oldi. 
Faylni tanlang