Soha yangiliklari

Binolarni zamonaviy talablardan kelib chiqib ta’mirlash va ulardan unumli foydalanish, BPO markazini tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berildi

16-aprel kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Qashqadaryo viloyatiga xizmat safari doirasida “O‘zbektelekom” AK Qashqadaryo filiali Qarshi shahar telekommunikatsiya bog‘lamasi faoliyati bilan tanishdi. Tashrif davomida AKT vaziri Sh. Shermatov telekommunikatsiya bog‘lamasida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Aholiga sifatli xizmatlarni ko‘rsatish muhimligi ta’kidlandi. Shu maqsadda aholi va xodimlar uchun qulay shart-sharoit yaratish, kompaniya abonent bazasini oshirish va yoshlarni ishga kengroq jalb qilish bo‘yicha vazifalar qo‘yildi. BPO xizmatlarini rivojlantirish kabi muhim va istiqbolli yo‘nalishga alohida e’tibor qaratildi. Qayd etilganidek, yoshlarni AKT sohasiga keng jalb etish va yuqori haq to‘lanadigan IT-kasblarini rivojlantirish ularning bandligini yanada oshirishga xizmat qiladi. Shu maqsadda binolarni zamon talablari asosida rekonstruksiya qilish, ulardan oqilona foydalanish hamda ularda BPO markazi tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Faylni tanlang