Soha yangiliklari

TATU Qarshi filialiga qarashli foydalanilmayotgan kollej binolarini Xalq ta’limi vazirligiga berish va ulardan maktab sifatida foydalanish bo‘yicha takliflar bildirildi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Qarshi filialiga qarashli Kasbi, Mirishkor, Nishon tumanlarida joylashgan o‘quv muassasalariga tashrif buyurdi. AKT vaziri u yerda ta’lim muassasalarining holati va foydalanish imkoniyatlarini ko‘zdan kechirdi.  O‘rganish jarayonida, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri TATU Qarshi filialiga ajratilgan va foydalanishga ehtiyoj yo‘q bo‘lgan kollejlar binolaridan foydalanish maqsadida Xalq ta’limi vazirligi tasarrufiga berish va ulardan maktab sifatida foydalanish uchun takliflar bildirildi. Ushbu taklifni amalga oshirish uchun mas’ullarga tegishli ko‘rmatmalar berildi.
Faylni tanlang