"EMMM" DUK yangiliklari

Davlat bayrog‘i – milliy g‘urur ramzi

1991-yil 18-noyabrda “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan. Ushbu  sana mamlakat tarixiga abadiy muhrlangan kun hisoblanadi.

Joriy yilning 17-noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmatida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan o‘quv-seminar o‘tkazildi. Ushbu ma’naviy-ma’rifiy tadbirning asosiy maqsadi – xodimlar orasida davlat ramzlariga hurmat, yuksak ehtirom va milliy g‘urur tuyg‘usini mustahkamlashdan iborat.

photo2025-11-1910-19-04.jpg

Seminarda Davlat bayrog‘ining yaratilish tarixi, uning ramziy ma’nolari, ranglar va belgilarining mazmuni batafsil yoritildi. Shuningdek, bayroqning qabul qilinishi O‘zbekistonning mustaqilligi, suvereniteti va milliy o‘zligining muhim timsoli ekani alohida ta’kidlandi.

photo2025-11-1910-19-10.jpg

Tadbir davomida ishtirokchilarga bayroqdan foydalanish tartibi, davlat ramzlarini hurmat qilish bo‘yicha amaldagi normativ hujjatlar haqida ma’ruzalar o‘qildi. Seminar davomida xodimlar o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

O‘quv-seminar yakunida ishtirokchilarga Davlat bayrog‘ining ahamiyatini chuqur anglash, uni qadrlash va doimo hurmat qilish zarurligi bo‘yicha targ‘ibot ishlari amalga oshirildi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi EMMX

2-toifali muhandisi M.U.Ismailova

Faylni tanlang