Soha yangiliklari

“Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunning maqsadi, mazmun-mohiyati targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunning targ‘iboti, mazmun-mohiyati va ahamiyatiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Doniyor Rustamov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligining Adliya boshqarmasi vakilari ishtirok etdi. Tadbir davomida yangi Qonunning mohiyati, xalq hayotidagi ahamiyati haqida fikr-mulohazalar almashildi. Shuningdek, ishtirokchilariga davlat fuqarolik xizmati tatbiq etiladigan davlat organlari va tashkilotlarida xodimlarni ishga qabul qilish, ularning faoliyati samaradorligini baholash, rag‘batlantirish yoki intizomiy jazolash va xizmatni tugatish masalalari, huquqlari va majburiyatlari tushuntirildi. Tadbir davomida AKT vazirligi rahbar-xodimlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislari tomonidan atroflicha tushuntirishlar berildi.
Faylni tanlang