"EMMM" DUK yangiliklari

“Davlat gerbi - mustaqillik timsoli!”

Mustaqil O'zbekiston Respublikasining “Davlat gerbi to'g'risida”gi Qonuni qabul qilinganligiga 29 yil bo'lganligi munosabati bilan “EMMM” DUK markaziy apparati xizmat va bolimlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat Elektromagnit moslashuv xizmatilarida faoliyat yurituvchi xodimlar ortasida O’zbekiston Respublikasining Davlat gerbi qabul qilingan kunni keng nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni ko‘tarinki ruhda o‘tkazish maqsadida internet “Zoom” tarmog‘ orqali “Davlat gerbi - mustaqillik timsoli!” mavzusida O’zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining siyosiy sharxlovchisi, O’zbekiston Respublikasi xizmat ko‘rsatgan journalist, Xalqaro Antik Dunyo ilmiy akademiyasining akademigi, Karimbekov Qobilbek Tohtabekovich tomonidan onlayn maruza otkazildi.

Karimbekov Qobilbek Tohtabekovich Onlayn maruza davomida:

Oʻzbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan oʻz davlat ramzlari — bayrogʻi, gerbi va madhiyasiga ega. Davlat ramzlari har bir xalqning mustaqilligi, tinchligi va barqarorligi timsoli boʻlib, el-yurtimizning gʻururi, iftixori boʻlgan bu ramzlarda tariximiz, boy maʼnaviy-madaniy merosimiz, milliy urf-odat va anʼanalarimiz oʻz ifodasini topgan.

Milliy ramzlarimiz — Vatanimiz suvereniteti, xalqimizning nafaqat azaliy umid va istaklari, balki porloq kelajagi timsollari boʻlgani tufayli ularni hurmat qilish, asrash barchamizning fuqarolik burchimizdir. Zero, “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi toʻgʻrisida”gi qonunning 8-moddasida “Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari, shuningdek Oʻzbekistonda turgan boshqa shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbini hurmat qilishlari shart”, deb belgilab qoʻyilgan.

Binobarin, Davlat gerbi mamlakatning siyosiy, milliy, geografik, etnik va boshqa oʻziga xos xususiyatlari, boy tarixiy anʼanalarini ifodalaydi. Undagi har bir timsol esa milliy anʼana va qadriyatlarimizning boqiyligi, maʼnaviyatimiz yuksakligi, iroda va eʼtiqodimiz mustahkamligi ramzidir.

Gerbdagi har bir rang, har bir belgida muayyan ramziy maʼno bor. Oʻng tomondagi paxta va gʻarq pishgan bugʻdoy boshoqlari xalqimizning mehnati halol, rizqi butun ekanligini ifodalasa, gerbning yuqori qismida mamlakatimiz jipsligining ramzi sifatida sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan. Unda oʻz ifodasini topgan yarimoy qoʻlga kiritilgan mustaqilligimizni, yulduz esa xalqimiz hamisha komillikka intilishi hamda saodatga eltuvchi yoʻlni tanlaganini bildiradi.

Baxt va erksevarlik timsoli hisoblangan afsonaviy Humo qushi qadimdan baxt, davlatmandlik ramzi, erk, saodat, himmat, olijanoblik, omad timsoli hisoblangan. Hazrat Alisher Navoiy «Lison ut-tayr» dostonida Humoni baxt va iqbol, ezgulik hamda ulugʻvorlik keltiruvchi qush sifatida tasvirlagan. Ushbu ramzlar va timsollar xalqimizning tinchlik, yaxshilik, baxt-saodat, farovonlik yoʻlidagi orzu-umidlarini ifodalaydi. Undagi gullagan vodiy uzra nur sochayotgan quyosh tasviri zaminimizning serquyoshligiga, xalqimiz intilayotgan nurafshon manzillarga

Gerb tasviri muhrlarda va davlat idoralari blankalarida, rasmiy nashrlarda, qogʻoz va tanga pullarda, qimmatli qogʻozlar va fuqarolik pasportida, qonunda belgilangan boshqa hujjatlarda aks ettirilgan. Mamlakatimizda istiqomat qilayotgan har bir fuqaro davlat ramzlari, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbiga hurmat bilan munosabatda boʻlishi qonunchilik bilan belgilab qoʻyilgan.

Oʻzbekiston xalqlarining shon-sharafi, gʻururi, tarixiy xotirasi va intilishlarini oʻzida mujassamlashtirgan gerbimiz jonajon Vatanimizning betakror timsoli, oʻziga xos va oʻziga mos davlat ramzlaridan biri boʻlib qolgani bekorga emas. Chunki, gerbimiz ham Oʻzbekistonimiz kabi betakror. Undagi har bir tasvir, hatto har bir chiziqda mamlakatimiz salohiyati, xalqimizning ezgu orzu-umidlari mujassam.

Barcha davlat ramzlari qatori gerb ham xalqimizning gʻururi, or-nomusi, milliy oʻzligini anglashi va tarixiy xotirasi hamda orzu-umidlarini oʻzida mujassam etadi. U oliy saodat — Istiqlolimiz ramzi, oʻzini shu yurt farzandi deb bilgan har bir inson uchun cheksiz faxru iftixor manbaidir. Shunday ekan, oʻzini mana jannatmakon yurt va tabarruk zamin farzandi deb bilgan har bir inson davlat ramzlarimizni Vatanimiz kabi aziz va muqaddas deb bilishi, eʼzozlashi kerak deb yakunladi.


Muallif Tuychieva D.

Faylni tanlang