EMMM yangiliklari

Davlat madhiyasi – yurtga sadoqat va birlik ramzi

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan viloyatlar Elektromagnit moslashuv xizmatlarida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi. Tadbirlarning asosiy maqsadi davlat ramzlariga bo‘lgan hurmatni mustahkamlash, xodimlar ongida milliy qadriyatlar, yurtga sadoqat va mas’uliyat tuyg‘usini yanada kuchaytirishdan iborat bo‘ldi.

photo2025-12-1017-14-09.jpg

Tadbir avvalida ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini jo‘r bo‘lib kuyladilar. Madhiyaning jaranglashi xodimlarda alohida ruhiy ko‘tarinkilik, faxr va g‘urur tuyg‘ularini uyg‘otdi. Shundan so‘ng madhiyaning yaratilish tarixi, uning davlat ramzi sifatida qonunchilikda belgilangan o‘rni hamda bugungi raqamli O‘zbekistonda tutgan ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi.

photo2025-12-1017-14-14.jpg

Tadbir davomida madhiyaning so‘z muallifi — xalq shoiri Abdulla Oripov va musiqasini yaratgan bastakor Mutal Burhonovning ijodiy merosi haqida alohida fikrlar bildirildi. Madhiyamizda Vatan ravnaqi, xalqimizning mehr-oqibati, tinchlik va mustaqillik g‘oyalarining mujassam ekani ta’kidlandi.

photo2025-12-1017-14-19.jpg

Shuningdek, bugungi kunda mamlakatimizda davlat ramzlarini hurmat qilish, ularni yoshlarga to‘g‘ri targ‘ib etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritildi. Tadbir yakunida xodimlar o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, Davlat madhiyasi millat ruhiyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdilar.

photo2025-12-1017-14-25.jpg

Ushbu ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv xodimlarda Vatanga muhabbat, yurt ravnaqi uchun mas’uliyat va milliy g‘urur tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

photo2025-12-1017-14-29.jpg

photo2025-12-1017-14-34.jpg

photo2025-12-1017-14-39.jpg

photo2025-12-1017-14-45.jpg

photo2025-12-1017-14-50.jpg

photo2025-12-1017-14-54.jpg

Faylni tanlang