Soha yangiliklari

Davlat tashkilotlari xodimlari o‘rtasida “Huquqiy zakovat” turniri o‘tkazildi

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-maydagi 259-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2022-2023-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ijrosi doirasida bugun, 8-oktabr kuni Adliya vazirligi hamda “Zakovat intellektual klubi” NNT hamkorligida davlat tashkilotlari xodimlari o‘rtasida «Huquqiy zakovat» intellektual o‘yini o‘tkazildi. Bunda davlat organlari va tashkilotlari xodimlari o‘rtasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy-huquqiy islohotlar, qonunchilikdagi yangiliklarni yetkazish maqsadida o‘yinda huquqiy-mantiqiy mavzulardagi savollar o‘ynaldi. Musobaqa yakunida kuchli uchlikdan quyidagi davlat tashkilotlarining jamoalari joy oldi: 1-o‘rin - Xalq ta’limi vazirligi; 2-o‘rin - Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi; 3-o‘rin - Davlat soliq qo‘mitasi. G‘olib jamoalarga Adliya vazirligi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.  
Faylni tanlang