2026-yil 2-noyabr kuni Fargʻona viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish maqsadida “Davlat tili - muqaddas qadriyat” mavzusida o‘quv seminari oʻtkazildi. Ushbu o‘quv seminarida o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini yanada oshirish, uning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyati, shuningdek, ish yuritish hujjatlarini davlat tilida savodli olib borish masalalari atroflicha muhokama qilindi.


Tadbir davomida ona tilimizning boy tarixi, uning jamiyat taraqqiyotidagi oʻrni hamda bugungi kunda mamlakatimizda davlat tilini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlar xususida alohida toʻxtalib oʻtildi. Xususan, tashkilot va idoralarda ish yuritish hujjatlarining qonun talablariga muvofiq ravishda, xato va kamchiliklarsiz yuritilishini ta’minlash har bir xodimning asosiy vazifalaridan biri ekanligi ta’kidlandi.
Tadbirning asosiy maqsadi – davlat tilining hayotimizdagi o‘rni va nufuzini yanada oshirish, ish yuritish hujjatlarini savodli olib borish hamda ona tilimizga bo‘lgan hurmat tuyg‘usini mustahkamlashdan iborat edi.
Tayyorladi: Fargʻona viloyati EMMX muhandisi S.Sh.Muydinov