Soha yangiliklari

“Davlat tilida ish yuritish” amaliy qo‘llanmasining yangi, to‘ldirilgan nashri tayyorlandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat tilini rivojlantirish departamenti Fanlar akademiyasi bilan hamkorlikda “Davlat tilida ish yuritish” amaliy qo‘llanmasining yangi, to‘ldirilgan nashri tayyorlandi.
Bugun 10 sentyabr kun ushbu qo‘llanmaning taqdimoti o‘tkazildi.

Mualliflar guruhi rahbari filologiya fanlari doktori, professor N.Mahmudov, Davlat tilida ish yuritish” amaliy qo‘llanmasining yangi, to‘ldirilgan nashri o‘tgan nashrlardan ko‘ra ancha mukammal bo‘lganligini, nashr bugungi kun talablaridan kelib chiqib tayyorlanganligini ma’lum qildi.

Ushbu qo‘llanmada tashkilot va muassasalarning ish yuritish faoliyatida eng ko‘p qo‘llaniladigan hujjatlar, ularni tuzish tartib-qoidalari masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Hujjatlar tegishli namunalar bilan ko‘rsatilgan, ish yuritishga oid lug‘atlar aks ettirilgan.

Qo‘llanma, birinchi navbatda, vazirlik va idoralar, xo‘jalik yuituvchi sub’ektlar rahbarlari va xodimlari, boshqaruv faoliyatida bevosita hujjat ustida ishlovchilar, kotib-referantlar, kadr xizmati xodimlariga mo‘ljallangan. Shuningdek, undan bank xodimlari, hisobchilar, adliya maslahatchilari, auditor, menejerlar ham foydalanishlari mumkin.

Bu qo‘llanma 3000 nusxada chop ettirilgan bo‘lsa, adadini yanada ko‘paytirish rejalashtirilayotganligi aytib o‘tildi. Qo‘llanmani respublika ta’lim muassasalariga, vazirliklarga, davlat va xo‘jalik idoralariga, hokimliklarga bepul tarqatish rejalashtirilgan.

Faylni tanlang