O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktyabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6084 sonli Farmoniga asosan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi tomonidan davlat tashkilotlari mutaxassis xodimlari uchun o‘zbek adabiy tili me’yorlari va davlat tilida ish yuritish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslarini muntazam ravishda tashkil etish belgilab qo‘yilgan.
“EMMM” DUKda faoliyat yuritayotgan mutaxassislarining ushbu yo‘nalishda kasbiy bilim va ko‘nikmalarini hamda amaliy malakasini oshirish maqsadida 2025-yil davomida mutaxassislarning malakasini oshirish rejasi ishlab chiqilgan. Shunga asosan, joriy yilning aprel oyida Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi tomonidan tashkil etilgan “Davlat tilida ish yuritish” bir oylik o‘quv kursida Qashqadaryo viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatidan muhandis Abror Zayniddinov masofadan ishtirok etdi. O‘quv kurslarini Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi mutaxassisi filologiya fanlari doktori, dotsent Muhayyo Hakimova olib bordi.
O‘quv kurslari davomida O‘zbekiston Respublikasida lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosining joriy etilishi, o‘zbek lotin alifbosining imlo qoidalari, ish yuritish tili va uslubi kabi bir qancha mavzularga doir bilim va ko‘nikmalar berildi hamda ishtirokchilarni o‘zlashtirishlari baholab borildi. O‘quv kursi so‘ngida A.Zayniddinovning olgan bilim va malakalari test orqali sinovdan o‘tkazildi va tegishli sertifikat taqdim qilindi.
Tayyorladi: Qashqadaryo viloyati EMMX 2-toifali muhandisi Shuhrat Jalilov