"EMMM" DUK yangiliklari

DAVLAT TILIDA ISH YURITISH BO‘YICHA SEMINAR O‘TKAZILDI

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021‑yil 10‑fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmatida “Davlat tilida ish yuritish uslubi” mavzusida o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi. Tadbirdan asosiy maqsad xodimlarning lotin alifbosiga asoslangan davlat tilida ish yuritish ko‘nikmalarini yanada oshirishga qaratilgan.

O‘quv mashg‘ulotida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmati boshlig‘i I.K.Reimov tomonidan davlat tilida ish yuritishda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini qo‘llashning muhim jihatlari tushuntirildi. Jumladan, davlat tilida ish yuritish qoidalari, lotin yozuvidagi o‘zbek alifbosida ayrim harflarning imlosi, ish jarayonida davlat tilini qo‘llash masalalarida xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirib borish lozimligi ta’kidlandi.

2021-2022-yillar davomida Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida «O‘zbek adabiy tili me’yorlari va davlat tilida ish yuritish» kurslari bo‘yicha xizmatimizning  toʻrt nafar xodimi malaka oshirishib tegishli sertifikatlarga ega bo‘lishgani aytib o‘tildi.  

Mashg‘ulot ishtirokchilari respublikamizda davlat tilida ish yuritish bo‘yicha oxirgi paytlarda amalga oshirilayotgan ishlar xususida fikrlar bildirishdi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi EMMX muhandisi  M.U.Ismailova

Faylni tanlang