"EMMM" DUK yangiliklari

Davlat tilida ish yuritish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi

Sirdaryo viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatida xodimlarning davlat tilida ish yuritish ko‘nikmalarini yanada oshirish maqsadida, “O‘zbekiston” nashriyoti tomonidan chop etilgan “Davlat tilida ish yuritish” amaliy qo‘llanmasi asosida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida hujjat tayyorlash va rasmiylashtirishda, eng avvalo, o‘zbek tilining barcha asosiy qonuniyatlari va qoidalarini ma’lum darajada bilish zarurligi, shuningdek, har bir xodim mehnat faoliyati davomida ish qog‘ozlarini tuzishda o‘zbek tilining imlosi, tinish belgilari va uslubiy qoidalari yuzasidan ma’lum malakaga ega bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi. 

Davra suhbatida ona tilimiz shunchaki so‘zlashuv vositasi emasligi, balki Vatanga muhabbat, milliy iftixor, ajdodlarga hurmat va shuning barobarida avlodlarimizga izzat ramzi ekanligi va bu kabi tadbirlarni davom ettirish lozimligi haqida tegishli chora-tadbirlar belgilandi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 61-son Qarorining mazmun-mohiyati ham tushuntirildi. 

 

 

Tayyorladi: Sirdaryo viloyati EMMX

2-toifali muhandisi  - O.Ostonaqulov

Faylni tanlang