2025-yilning 4-avgust kuni Samarqand viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari uchun o‘zbek lotin yozuvining rivojlanish bosqichlari, davlat idora va tashkilotlarining xodimlari uchun lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ish yuritish, hujjatlarni lotin alifbosida ifodalash mavzusida texnik o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.

Texnik o‘quv mashg‘ulotida xodimlarga o‘zbek tilining tarixi, jumladan, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosining kelib chiqish tarixi va rivojlanish bosqichlari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, hozirgi kunda sohalarda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘tishning ahamiyati, lotin yozuvining imkoniyatlari va qulayliklari hamda lotin yozuviga o‘tish bo‘yicha olib borilayotgan amaliy ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Texnik o‘quv mashg‘ulotida lotin yozuviga asoslangan davlat tilini joriy etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, davlat tilida ish yuritilishi bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar, shuningdek, Samarqand viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatining barcha turdagi hujjatlarini tayyorlash jarayonida davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish vazifalari alohida tushuntirildi. Me’yoriy hujjatlarni tayyorlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan qo‘llanmalardan foydalanishga doir ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 61-son qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyati keng tushuntirildi.
Texnik o‘quv mashg‘ulotida davlat tilida ish yuritilishi qoidalari bo‘yicha xodimlar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berildi.
Tayyorladi: Samarqand viloyati EMMX muhandisi I.O.Tojiyev