Soha yangiliklari

AKT vazirligi delegatsiyasi Estoniya Respublikasi Hukumat kotibiyati faoliyati bilan tanishdi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos boshchiligidagi delegatsiya Estoniya Respublikasiga xizmat safarida doirasida navbatdagi tashrifini Hukumat kotibiyati binosiga amalga oshirdi. Delegatsiya a’zolari davlat qarorlari qabul qilinishini qo‘llab-quvvatlovchi tizim hamda hukumat faoliyatida axborot tizimlari to‘g‘risidagi taqdimot bilan tanishdilar. Ularga Bosh vazir, vazirlik va davlat muassasalarining vazifalari, shuningdek, davlat boshqaruvi tamoyillari to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berdi.
Faylni tanlang