Soha yangiliklari

AKT vazirligi delegatsiyasi Amiti Universitetiga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari O.Pekos boshchiligidagi delegatsiya Hindistonning Noida shahridagi Amiti Universitetining asosiy kampusiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida universitet ilmiy texnik faoliyati va talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishildi. Toshkent shahridagi Amiti universiteti faoliyatini yanada rivojlantirishning bir qator yo‘nalishlari yuzasidan muzokaralar olib borildi.
Faylni tanlang