Soha yangiliklari

Raqamli texnologiyalar vazirligi va HP kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi

Uchrashuvda ishtirokchilarga mamlakatimizda IT sohasini rivojlantirishga qaratilgan va amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumotlar berildi.

Rustam Karimjonov o‘z nutqida IT-sohasida hukumat uchun ustuvor ahamiyatga ega bo‘lgan ta’lim loyihalariga ham alohida e’tibor qaratdi. U malakali IT-mutaxassislarni tayyorlash va rivojlantirishga qaratilgan hamda bu borada ishlab chiqilgan va amalga oshirilayotgan tashabbuslar haqida gapirdi. HP Life va HP Gaming Garage kabi loyihalar muvaffaqiyatli va kelgusi hamkorlik uchun istiqbolli ekanligi ta’kidlandi.

HP kompaniyasi vakili O‘zbekistonda biznes yuritish uchun qulay muhit yaratish borasida hukumat erishayotgan natijalar haqida ijobiy fikr bildirdi. U vazirlik bilan IT sohasini rivojlantirish va yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlashga xizmat qilayotgan HP Life va HP Gaming Garage kabi ta’lim loyihalarida hamkorlikning ahamiyati va istiqbolini alohida ta’kidladi.

Muhokamalar yakuni bo‘yicha tomonlar IT-texnologiyalarini rivojlantirish va ta’lim sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashdan o‘zaro manfaatdor ekanini bildirdilar.

Sheriklikni mustahkamlash va hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida Raqamli texnologiyalar vazirligi va HP kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Memorandumga asosan, IT ta'lim hamda kreativ iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan loyihalar, treyninglar va tadbirlarni amalga oshirish, yoshlarga HP Gaming Garage, HP Life online resurslaridan foydalanish imkoniyatini yaratish masalalari borasida istiqboldagi rejalar kelishib olindi.

 

Faylni tanlang